"ALA-TOO" XALQARO UNIVERSITETI VAKILLARI FILIALIMIZDAGI O'QUV, ILMIY YO'NALISHLARDAGI TAJRIBALARNI O'RGANISHDI!
Joriy yilning 26 — 29-may kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Ala-Too xalqaro universitetidan 7 nafar professor-o‘qituvchi SamDU Kattaqo'rg'on filialida bo'lib, muassasamizdagi o'quv, ilmiy va amaliy jarayonlar bilan tanishdi.
Tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirildi.
Mehmonlar tashrif davomida:
🔹 Bir qator ilmiy-amaliy seminarlarda ishtirok etdilar;
🔹 Filialimiz kutubxonasi faoliyati bilan tanishib, undan samarali foydalandilar;
🔹 Fakultetlarimiz o‘qituvchilari bilan tajriba almashdilar.
Bunday tashriflar xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, o‘qituvchilar salohiyatini oshirish hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim omil hisoblanadi.
Tashrif nihoyasida mehmonlar O'zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi vakillari hamrohligida Samarqandning diqqatga sazovor maskanlarida bo'lib, sayohat qilishdi.












