
“Rektor kubogi”: mini-futbol g‘oliblari aniqlandi
29.10.2026 soat 15:08Sport OlimpiadalariKo'rishlar:1
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talabalar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Murosasiz va qizg‘in kechgan bahslarda fakultet jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Pedagogika fakulteti jamoasi 1-o‘rinni, Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti jamoasi 2-o‘rinni, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti jamoasi esa 3-o‘rinni egalladi.
Musobaqa talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.













