
HARBIY QISMGA TASHRIF: VATANPARVARLIK VA TARIX SABOQLARI
29.10.2026 soat 15:32TashriflarYoshlar bilan ishlash, ma'naviyat-ma'rifat bo'limiKo'rishlar:61 daqiqada o'qiladi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talaba-yoshlari Payshanba – Yoshlar kuni doirasida Kattaqo‘rg‘on shahrida joylashgan 02855-harbiy qismga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida talabalar harbiy muzey va tarixiy yodgorliklar bilan tanishib, yurtimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari hamda vatanparvarlik an’analari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Talaba-yoshlar uchun jadid bobolarimizning qahramonligi, millat ozodligi va taraqqiyoti yo‘lida olib borgan kurashi hamda ma’rifatparvarlik faoliyatiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tashrif talaba-yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, ularda milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish hamda ajdodlar merosiga hurmat ruhini shakllantirishga xizmat qiladi.

















