"DAVLAT XIZMATIGA DASTLABKI QADAM"
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 29-maydagi "Yoshlar bandligi oyligi" doirasida manzilli va maqsadli tadbirlarni amalga oshirish rejasiga muvofiq SamDU Kattaqo'rg'on filialida "DAVLAT XIZMATIGA DASTLABKI QADAM" nomli ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Unda SamDU Kattaqo'rg'on filialini bitirayotgan talabalar hamda mas'ullar qatnashdi.
Davlat xizmatini rivojlantirish Samarqand viloyati filiali bilan hamkorlikda tashkil qilingan muloqotda filial rahbari Aziz Ibragimov, SamDU Kattaqo'rg'on filiali direktori Sherzod Urakov va boshqalar so'zga chiqib, bugun sohalarda sifatli va raqobatbardosh kadrlarga bo'lgan ehtiyoj ortib borayotgani, eng yaxshi mutaxassislarni saralab ishga qabul qilish tartibi takomillashayotgani, amaldagi chora-tadbirlar haqida ma'lumot berdi. Bitiruvchilarga ishga joylashish tartibi, huquqiy jihatlarini tushuntirishdi. Qisqa videoroliklar namoyish qilindi.
Bitiruvchilar mavzu yuzasidan muhim savollariga atroflicha javob olishdi va zarur ko'nikmalarga ega bo'lishdi.












