MONOGRAFIYA NASHR ETILDI
02.06.2025 soat 14:58Ilmiy-tadqiqiot faoliyatiMatbuot67
SamDU Kattaqo'rg'on filiali O'zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi, PhD Abdumannatova Nafisa Abdumajit qizining "Lingvofolkloristika ("Hotamnoma" asari misolida)" nomli monografiyasi nashr etildi.
Monografiya 3 bobdan iborat bo'lib, unda til va folklorning kesishuvidan hosil bo'lgan yangi yo'nalish - lingvofolkloristika atamasining mazmuni, jahon tilshunosligidagi o'rni haqida fikr bildirilgan. Xalq qissasi "Hotamnoma" asari matni misolida folklor tilining o'ziga xos xususiyatlari bayon qilingan.



