
VAKILIMIZ XALQARO KONFERENSIYADA MA'RUZA QILDI
21.06.2025 soat 07:08KonferensiyalarMatbuot22
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Markaziy Osiyoda O‘g‘uzlar va Saljuqiylar” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.
Konferensiyada Samarqand davlat universitetining Kattaqo'rg'on filiali O'zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi, PhD Yulduz Xolxujayeva qatnashib, "Samarqand viloyatining Saljuqiylar tarixidagi ahamiyati: Qatvon jangi" mavzusida ma'ruza qildi.
Konferensiyada Turkiya Respublikasidan 30 nafardan ortiq taniqli tarixchi olimlar, shuningdek, Turkmaniston va Qozog‘istondan ham bir guruh yetuk mutaxassislar ishtirok etdi.
Ushbu xalqaro miqyosdagi ilmiy muloqot Markaziy Osiyo xalqlari o‘tmishining muhim jihatlarini chuqurroq o‘rganish imkonini beradi




