Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo'lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Kattaqo'rg'on davlat pedagogika institutiKattaqo'rg'on davlat pedagogika instituti
☰
Institut
Yangiliklar
Tuzilma
Faoliyat
Qabul
Talabalarga
Grantlar
Korrupsiyaga qarshi kurashBitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
Bitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
← Orqaga
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining xalqaro hamkorligi kengaymoqda

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining xalqaro hamkorligi kengaymoqda

24.06.2025 soat 09:34YangiliklarMatbuot116

Joriy o‘quv yilida institutimizning uch nafar professor-o‘qituvchimiz Turkiyaning Selçuk universitetida bo‘lib, o‘zaro tajriba almashib qaytishgan edi. Mazkur xorijiy stajirovka davomida nufuzli universitet bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan bir qator vazifalar belgilangan edi.

Shu munosabat bilan Turkiyaning Selçuk universitetidan 30 nafar delegatsiya vakillari Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida mehmonlar institut binolari, o‘quv auditoriyalari, zamonaviy o‘quv tizimi hamda laboratoriya xonalari bilan yaqindan tanishishdi.
Delegatsiya a’zolari institutda yaratilgan sharoitlarga yuksak baho berishdi.

Shuningdek, mehmonlar talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berishdi. Uchrashuv doirasida o‘zaro fikr almashildi, ta’lim va ilmiy sohalarda hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida ilmiy, akademik va madaniy yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan loyihalar muhokama qilindi. Shu bilan birga, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida “2+2 qo‘shma ta’lim dasturi” bo‘yicha
aniq kelishuvga ham erishildi. Bu kelishuv talabalar almashinuvi, qo‘shma diplomlar va qo‘shma ilmiy tadqiqotlar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Tashrif iliq va do‘stona muhitda o‘tdi hamda kelajakdagi qo‘shma loyihalar uchun mustahkam zamin yaratdi.

🖼 Qo'shimcha rasmlar (8)