This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Sun’iy intellekt va ingliz tilida so‘zlashuv: master-klass
Sun’iy
intellekt yordamida ingliz tilida erkin va ishonch bilan gapirish
ko‘nikmalarini rivojlantirishning zamonaviy usullarini o‘rganmoqchimisiz?
Unda sizni 2026-yil 15-oktabr kuni soat 11:00 da Kattaqo‘rg‘on davlat
pedagogika institutida bo‘lib o‘tadigan ilmiy-amaliy master-klassga
taklif etamiz.
Mazkur tadbirda xalqaro miqyosdagi mutaxassis, Global Presenter, EA
Uzbekistan asoschisi va International ELT Expert Feruz Akbarov tomonidan “Using
AI to help learners speak” mavzusida master-klass o‘tkaziladi.
Master-klass davomida sun’iy intellekt vositalaridan ingliz tilida gapirish
ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali foydalanish, o‘rganuvchilarning nutqiy
faolligini oshirish, erkin va ishonchli muloqotga tayyorlash bo‘yicha zamonaviy
yondashuvlar hamda amaliy tavsiyalar taqdim etiladi.
Shuningdek, Feruz Akbarov tomonidan 2025-yilda AQSHda chop etilgan “The Art
of Teaching: Let Your Teaching Voice Be Heard” nomli kitob asosida
zamonaviy til o‘qitish metodikasi, sun’iy intellekt imkoniyatlari va xalqaro
tajribaga oid qimmatli insaytlar bilan o‘rtoqlashiladi.
Mazkur workshop avval bir qator nufuzli xalqaro konferensiyalar va oliy ta’lim
muassasalarida muvaffaqiyatli taqdim etilgan. Jumladan, 24-Xalqaro AsiaTEFL
konferensiyasi, Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan 9-Xalqaro Trendy
Pete konferensiyasi, Georgia State University tomonidan tashkil
etilgan 4-Xalqaro ingliz tili konferensiyasida namoyish etilgan.
Shuningdek, O‘zbekistonda Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand
davlat tibbiyot universiteti, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros
universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kabi oliy
ta’lim muassasalarida ham yuqori saviyada tashkil etilgan.
E’tiborlisi, mazkur workshop British Council Global Webinar Series
dasturiga, shuningdek, AQSHning Houston shahrida o‘tkaziladigan 61-Xalqaro
TESOL Convention & Expo tadbiriga ham qabul qilingan.
Sizni ham ushbu ilmiy-amaliy master-klassda faol ishtirok etishga taklif
etamiz!
📅 Sana: 15-oktabr 2026-yil
🕚 Vaqt: 11:00
📍 Manzil: Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti
🎤 Spiker: Feruz Akbarov
📌 Mavzu: Using AI to help learners speak





