Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

MIRJALOL QUDRATOV XITOYDAGI XALQARO KASBIY RIVOJLANISH TADBIRIDA ISHTIROK ETMOQDA

MIRJALOL QUDRATOV XITOYDAGI XALQARO KASBIY RIVOJLANISH TADBIRIDA ISHTIROK ETMOQDA

03.11.2025 at 12:50SeminarlarMatbuot51

Xitoy Xalq Respublikasining Nankin politexnika institutida “Central Asian Outstanding Local Talents Chinese Vocational Skills Advanced Program” nomli xalqaro tadbir o‘tkazilmoqda.
Mazkur nufuzli tadbirda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Mirjalol Qudratov ishtirok etmoqda.
Ushbu tadbir Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashrif buyurgan iqtidorli mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish, Xitoy va mintaqa oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, ilg‘or tajribalarni almashish maqsadida tashkil etilgan.

More photos4

Share: