This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Biologiya fanidan iqtidorli talabalar o‘rtasida fan olimpiadasi o‘tkazildi
11.11.2025 at 11:08YangiliklarMatbuot43
Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi tomonidan 2-3-kurs iqtidorli talabalari o‘rtasida biologiya fanidan fan olimpiadasi tashkil etildi. Tadbir kafedra o‘qituvchilari N.Ro‘ziqulova va U.Bozorova tashabbusi bilan o‘tkazilib, talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirishga qaratildi.
Olimpiada natijalariga ko‘ra quyidagi talabalar g‘olib deb topildilar:
1-o‘rin — Mavlonova Jasmina
2-o‘rin — Olimjonova Fozila
3-o‘rin — Sunnatova Zulfizar
G‘olib talabalar kafedra tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.






