Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

“Yangi daraxt – yangi nafas” ekochempionati o‘tkazildi

“Yangi daraxt – yangi nafas” ekochempionati o‘tkazildi

12.11.2025 at 19:12Ekofaol talabalarMatbuot391 min read

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi 184-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi” ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalari orasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yangi daraxt – yangi nafas” ekochempionati tashkil etildi.
Tadbirda talabalardan iborat “Eko klub” a’zolari Kattaqo‘rg‘on shahar, Chinobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ko‘chatlar ekishdi. Ushbu tashabbus orqali talabalar ekologik madaniyatni oshirish, shahar yashil hududlarini kengaytirish va atrof-muhitni asrashga o‘z hissalarini qo‘shishdi.
Ekochempionatda faol ishtirok etgan talabalar: Javohir Eshmirzayev, Javohir Hamidov, Zilola Umarovalarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

More photos6

Share: