Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

“Kelajak soati” darslari talabalarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratildi

“Kelajak soati” darslari talabalarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratildi

01.12.2025 at 13:00YangiliklarMatbuot59

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Kelajak soati”ning navbatdagi darslari “Mening huquqlarim” mavzusida o‘tkazildi.
Tadbirda professor-o‘qituvchilar ma’ruza qilib, talabalarga huquq va majburiyatlarning o‘zaro uyg‘unligi, shuningdek, o‘z huquqlaridan oqilona foydalanish hamda mas’uliyatli fuqaro bo‘lishning ahamiyati haqida batafsil tushuntirish berdi.
Dars davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va amaldagi qonunlar, “Yangi O‘zbekiston” islohotlari doirasida inson huquqlarini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar yoritildi.
Mazkur mashg‘ulotlar talabalarda qonunga hurmat ruhini mustahkamlash, huquqiy madaniyatni rivojlantirish, Vatanga sadoqatli va faol fuqaro sifatida shakllanish motivatsiyasini kuchaytirishga xizmat qildi.

More photos6

Share: