Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Kattaqo‘rg‘on shahrida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Kattaqo‘rg‘on shahrida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

04.12.2025 at 13:43TashriflarMatbuot241 min read

2025-yil 25-noyabr kuni davlatimiz rahbari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida yoshlar bandligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratib, muhim topshiriqlar bergan edi. Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on shahar Kasbiy ko‘nikmalar markazida navbatdagi “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbirda fuqarolarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida to‘liq ma’lumotlar berildi va ularni ishga joylashtirish imkoniyatlari yaratildi. Shuningdek, yarmarkada Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti bitiruvchi bosqich talabalari ham faol ishtirok etdi.
Yarmarka davomida talabalar Kasbiy ko‘nikmalar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘zlarining professional ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari bilan tanishdilar.

More photos4

Share: