Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Institutimiz talabalari Navbahor mahallasi bilan yaqindan tanishdi

Institutimiz talabalari Navbahor mahallasi bilan yaqindan tanishdi

24.12.2025 at 11:57Yoshlar ittifoqi faoliyatiMatbuot401 min read

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi hamda Yoshlar ishlari agentligining oliy ta’lim tashkilotlarida “Mening mahallam – mening faxrim” loyihasini joriy etish to‘g‘risidagi 2025-yil 13-avgustdagi 44qq-06/31-07/29-son qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalari yo‘nalish tyutorlari hamrohligida Kattaqo‘rg‘on shahridagi Navbahor mahallasiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida mahalla raisi tomonidan mahallada yaratilgan imkoniyatlar, “mahalla yettiligi” faoliyati, aholi uchun ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam va xizmatlar, yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda erishilgan yutuqlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

More photos6

Share: