Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Institutimiz talabalari Amir Temur mahallasiga bordi

Institutimiz talabalari Amir Temur mahallasiga bordi

04.02.2026 at 12:05TashriflarMatbuot281 min read

“Mening mahallam – mening faxrim” loyihasi doirasida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalari yo‘nalish tyutorlari hamda dekan o‘rinbosarlari boshchiligida Kattaqo‘rg‘on shahridagi Amir Temur mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, “mahalla yettiligi” faoliyati, yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash hamda qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, mahalla yoshlariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, ma’naviy va moddiy yordamlar hamda ularning muammolarini o‘rganish va hal etish mexanizmlari yuzasidan ma’lumot berilib, uchrashuv talabalarda mahalla tizimi faoliyati hamda uning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati haqida yanada keng tasavvur hosil bo‘lishiga xizmat qildi.

More photos5

Share: