Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Institutda o‘tkazilgan futbol ligasi yuqori saviyada tashkil etilib ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi

Institutda o‘tkazilgan futbol ligasi yuqori saviyada tashkil etilib ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi

11.02.2026 at 11:42Sport klubi28

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda jamoaviylik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash maqsadida mini-futbol bo‘yicha futbol ligasi musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa jarayonida jamoalar o‘zaro qizg‘in va murosasiz bahslarda maydonga tushib, yuqori sport mahorati, tezkorlik, chaqqonlik hamda taktik tayyorgarlikni namoyon etdilar. Har bir uchrashuv talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish bilan birga, ularning jamoada ishlash ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

More photos3

Share: