Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi”

“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi”

08.05.2025 at 16:09YangiliklarMatbuot521 min read

9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on shahrida “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi!” shiori ostida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Shahar davlat idoralari hamda tashkilot va muassasa vakillari qatnashgan tadbirda SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali rahbariyati, xodim va professor-o‘qituvchilar ham ishtirok etdi.

Bayram munosabati bilan “Birodarlik” qabristonida qahramonlarcha halok bo‘lganlar ruhoniyatiga duolar qilindi.

“Motamsaro ona” haykali yodgorlik majmuasiga hamda Hamid Samadov jasorati yodgorlik monumentiga gul qo‘yish marosimi o‘tkazildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida mashʼum urush voqeliklari, xalqimiz qalbida qoldirgan chuqur iztiroblar aks etgan sahna ko‘rinishlari ijro etildi.

SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali axborot xizmati.

More photos11

Share: