This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Faxrimiz
25.02.2026 at 09:47Sport klubiMatbuot21
Samarqand shahrida yoshlar o‘rtasida sambo kurashi bo‘yicha viloyat ochiq birinchiligi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada viloyatimizning 200 nafardan ortiq yosh polvonlari sovrinli o‘rinlar uchun keskin va murosasiz bahs olib bordilar.
Musobaqada Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabasi Rizobek Boymurodov o‘z vazn toifasida yuksak mahorat va kuch-g‘ayrat namoyon etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.






