This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Talabalar ligasi 2026
Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari o‘rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari doirasida basketbol turi bo‘yicha bellashuvlar yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur musobaqalarning asosiy maqsadi talaba-yoshlar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etishdan iboratdir.
Shuningdek, musobaqalar orqali talabalarda sport madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, sog‘lom raqobat muhitini qaror toptirish, o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlik tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.






