This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча
Kattaqo‘rg‘onda adabiyot va san’at ixlosmandlari jam bo‘ldi
28.03.2026 at 12:21YangiliklarMatbuot24
Kattaqo‘rg‘on shahridagi 2-sonli musiqa maktabida “Kitob – bilim manbai” shiori ostida yozuvchi va shoirlar bilan adabiy uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur kechada O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan aktrisa Ra’no Yarasheva, yozuvchi va shoirlar, shuningdek, Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalari ishtirok etdilar.
Nazm kechasi adabiyot va san’at ixlosmandlarini birlashtirib, yosh avlod qalbida badiiy so‘zga, milliy qadriyatlar va ma’naviy merosga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.








