This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча
Dildora Ganiyevaning “Boshlang‘ich ta’limda ona tili” o‘quv qo‘llanmasi nashr etildi
Dildora Ganiyevaning “Boshlang‘ich ta’limda ona tili” o‘quv qo‘llanmasi nashr etildi
Pedagogika fakulteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi, PhD Dildora Ganiyevaning Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Boshlang‘ich ta’limda ona tili” o‘quv qo‘llanmasi nashrdan chiqdi. Mazkur qo‘llanma talabalarga ona tili fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish hamda olib borishda muhim metodik vosita sifatida xizmat qiladi. Nashr talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘quv jarayonini yanada sifatli va samarali tashkil etishga ko‘maklashadi.




