Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Xalqaro hamkorlik doirasida ochiq dars va workshop tashkil etildi

Xalqaro hamkorlik doirasida ochiq dars va workshop tashkil etildi

28.04.2026 at 17:15YangiliklarMatbuot191 min read

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Yuldashev tomonidan Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) yo‘nalishi 4-kurs talabalari uchun “Nutq ko‘nikmalari integratsiyasi” (tanlov fan) bo‘yicha amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Mazkur dars jarayonida Indoneziyaning Muhammadiyah Gresik universiteti professor-o‘qituvchilari Prof. Dr. Khoirul Anwar, M.Pd hamda Paulina, M.Pd (Ph.D Candidate) ishtirok etib, mashg‘ulotni kuzatdilar.
Shuningdek, tashrif doirasida mehmonlar tomonidan talabalar uchun yo‘nalishda o‘qitiladigan “Akademik maqsadlar uchun ingliz tili” (EAP – English for Academic Purpose) hamda “Baholashning xalqaro standartlari” fanlari yuzasidan amaliy workshop tashkil etildi. Ushbu mashg‘ulotlar davomida talabalar bilan interaktiv muhokamalar olib borilib, xalqaro tajriba asosida muhim ilmiy-uslubiy tavsiyalar berildi.

More photos3

Share: