Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Xalqaro hamkorlik doirasida yangi ta’lim yo‘nalishlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

Xalqaro hamkorlik doirasida yangi ta’lim yo‘nalishlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

02.05.2026 at 10:36Ilmiy faoliyat yangiliklariMatbuot311 min read

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutiga Nanjing Polytechnic Institutedan ikki nafar professor tashrif buyurib, o‘zaro hamkorlikni kengaytirish hamda yangi ta’lim yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv davomida avtomobil muhandisligi va elektr muhandisligi yo‘nalishlarini rivojlantirish doirasida zamonaviy VR laboratoriyalarini tashkil etish, o‘quv jarayonini ilg‘or darsliklar va elektron ta’lim resurslari bilan ta’minlash, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida ilmiy-pedagogik hamkorlikni kengaytirish, Fonto Company bilan texnologik aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda dars mashg‘ulotlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuv institutda ta’lim sifatini oshirish, xalqaro tajribalarni joriy etish va innovatsion yondashuvlarni keng tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Files

Share: