Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Talabalarga sog‘lom turmush tarzi va OIV/OITS bo‘yicha tushunchalar berildi

Talabalarga sog‘lom turmush tarzi va OIV/OITS bo‘yicha tushunchalar berildi

04.05.2026 at 14:30YangiliklarMatbuot321 min read

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda odam immunitet tanqisligi virusi (OIV) va orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) infeksiyalarining tarqalishining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limi shifokori Qobuljon Ismailov hamda ko‘p tarmoqli oilaviy poliklinika mutaxassisi Fotima Qilicheva ishtirok etdi.
Ma’ruza davomida talabalarga sog‘lom turmush tarziga rioya qilishning ahamiyati, OIV/OITS infeksiyalarining yuqish yo‘llari, ularning oldini olish choralariga oid muhim ma’lumotlar batafsil tushuntirildi.
Tadbir talabalarning tibbiy savodxonligini oshirish, sog‘lom hayot tarzini qaror toptirish hamda yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.

More photos3

Files

Share: