This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Yoshlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi
30.06.2026 at 09:46YangiliklarMatbuot16
Qadrli yoshlar!
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etaman!
Sizlar Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlari, ilm-fan, innovatsiya va taraqqiyotning eng katta kuchisiz. Bilimga intilishingiz, izlanuvchanligingiz, tashabbuskorligingiz va mehnatsevarligingiz yurtimizning porloq kelajagini bunyod etmoqda.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, ulkan yutuqlar, yuksak marralar va barcha ezgu maqsadlaringiz ro‘yobini tilayman.
Doimo ilm izlang, yuksak maqsadlar sari dadil odimlang va Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shing!
Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!
Sherzod Urakov,
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori.




