This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча
Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti bitiruvchilariga diplomlar topshirildi
18.07.2026 at 09:47YangiliklarMatbuot31
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Filologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etib, yosh mutaxassislarni oliy ta’limni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari bilan samimiy tabrikladilar va ularga kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tiladilar.
Tadbir davomida o‘qishni a’lo baholar bilan yakunlagan, ilmiy hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etgan bitiruvchilar, shuningdek, ularning kamolotiga munosib hissa qo‘shgan ota-onalarga ehtirom va minnatdorlik izhor etildi.










