This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Samarqandning tarixiy obidalariga sayohat

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutiga Indoneziyaning Esa Unggul universitetidan tashrif buyurgan xorijiy o‘qituvchi Hardianti Ansar Jamoluddin O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, dotsent Javlon Quchqorov hamda tarix fani o‘qituvchisi Bektosh Mamatov hamrohligida Samarqand shahridagi tarixiy-madaniy obidalarga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida xorijiy mehmon Samarqandning boy tarixiy merosi, milliy me’morchilik an’analari va o‘zbek xalqining madaniy qadriyatlari bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur tashrif O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosini xorijiy mehmonlarga tanitish, shuningdek, xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.





