This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

“Rektor kubogi” musobaqalari yakunlandi
29.09.2026 at 10:57Sport klubiMatbuot25
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha o‘tkazilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari yakunlandi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rinni Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Dekanat jamoasi, 2-o‘rinni O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi jamoasi, 3-o‘rinni esa Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi jamoasi egalladi.
Musobaqada faol ishtirok etgan g‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi.




