Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Adib Baxtiyar Genjemuratov bilan ijodiy uchrashuv

Adib Baxtiyar Genjemuratov bilan ijodiy uchrashuv

03.10.2026 at 12:41Ma'rifat ulashibMatbuot1361 min read

Baxtiyar Genjemuratov – shoir, adabiyotshunos, filologiya fanlari nomzodi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
Baxtiyar Genjemuratov 1959-yil 15-mayda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumanida shifokorlar oilasida tug‘ilgan. Tumandagi 3-maktabni a’lo baholar bilan tamomlagan. Ilk she’ri 7-sinfda o‘qib yurgan kezlarida hozirgi Nukus shahrida chop etiladigan “Jetkinshek” gazetasida nashr etilgan.
1985-yilda Qoraqalpoq davlat universitetining Qoraqalpoq tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan. 1990-yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
Mehnat faoliyati davomida “Nukus universiteti” gazetasi, “Amudaryo” jurnali hamda Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Shuningdek, Qoraqalpoq davlat universitetida aspirant, doktorant, assistent-o‘qituvchi va kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan.
Universitetda “Hozirgi qoraqalpoq adabiyoti va adabiyot nazariyasi”, “Qoraqalpoq adabiyoti va folklori”, “Adabiyot nazariyasi va o‘qitish metodikasi” kabi kafedralarda faoliyat olib borgan. Shuningdek, jurnalistika bo‘limi hamda Berdaq milliy muzeyining tarix va arxeologiya bo‘limida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Hozirda Qoraqalpoq davlat universitetining “Qoraqalpoq adabiyoti” kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritadi.
Baxtiyar Genjemuratov adabiy ijod bilan bir qatorda qoraqalpoq adabiyoti, adabiyot nazariyasi va ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishida ham faoliyat olib boradi.

More photos4

Share: