This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mini-futbol musobaqasi o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari o‘rtasida mini-futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada qizlar va o‘g‘il bolalar jamoalari ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdi. Bellashuvlar talaba-yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviylik va do‘stlik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi bunday sport musobaqalari talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy faolligini oshirish va sportga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.









