This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча
Pedagogika fakultetida “Ma’rifat darsi” o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Pedagogika fakulteti talabalari ishtirokida “Kelajak soati” doirasida navbatdagi “Ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi.

Ma’rifat darsini Pedagogika fakulteti dekani A.Saidov o‘tdi. Mashg‘ulot davomida mavzuga oid taqdimot namoyish etilib, ularning mazmuni yuzasidan talabalarga qo‘shimcha ma’lumotlar berildi. Talabalarda vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyati tuyg‘ularini mustahkamlash, davlat ramzlariga hurmatni oshirish, Konstitutsiya va qonunlarga sadoqat ruhini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Vatanparvarlik – shunchaki so‘z emas, balki inson qalbidagi yuksak tuyg‘u va ezgu fazilatdir. Vatanga mehr, milliy qadriyatlarga hurmat hamda yurt kelajagi uchun mas’uliyatni his etish yosh avlodning ma’naviy kamolotida muhim o‘rin tutadi.








