TALABALARNI YASHASH SHAROITLARI O‘RGANILDI
14.11.2025 soat 16:55UchrashuvlarMatbuot29
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti yo‘nalish tyutorlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari katta leytenant Sh.Turdaliyev va leytenant S.Samatov ijarada yashayotgan talabalarning yashash xonadonlariga o‘rganish maqsadida borib, u yerdagi elektr energiyasidan foydalanish tartibi, isitish tizimlarining texnik holati, shuningdek, uylarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligini o‘rgandilar.
Tashrif davomida talabalarga yong‘in xavfsizligi bo‘yicha zaruriy tushuntirishlar berilib, favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan tavsiyalar berildi.








