
22-noyabr kuni Kattaqörğon davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida “Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan tadbir ötkazildi. Mazkur sana doirasida talabalar iştirokida davra suhbati taşkil etilib, unda fakultet rahbariyati ham faol qatnaşdi.
Tadbirni Pedagogika fakulteti dekani, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor Azamat Saidov oçib berdi va barçani “Xalqaro psixologlar kuni” bilan samimiy muborakbod etdi.
Professor öz tabrik sözida uşbu sana nafaqat kasb bayrami, balki inson ruhiyatini anglaş, unga yöl körsatiş hamda qöllab-quvvatlaş kabi yuksak masʼuliyatli vazifaga sadoqat timsoli ekanini taʼkidladi.
Şuningdek, psixolog kasbi inson qalbining nozik jihatlarini his eta biliş, ruhiy jarohatlarga malham böliş, umidsizlikka çökkanlarga işonç va dalda beriş kabi ulkan vazifalarni bajaruvçi şarafli va masʼuliyatli soha ekani alohida qayd etildi. Mazkur kasb çuqur bilim, keng dunyoqaraş, sezgirlik, mehr-muruvvat va insonparvarlikni talab qilişi bilan ahamiyatlidir.
Tadbir davomida talabalar psixologiyaning dolzarb yönalişlari, zamonaviy yondaşuvlar va mutaxassisning jamiyatdagi örni haqida fikr almaşdilar.