
Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalari o‘rtasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi
04.12.2025 soat 16:48YangiliklarMatbuot28
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetining Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi.
Mazkur tadbir doirasida talabalar voleybol, mini-futbol hamda boshqa sport turlarida faol ishtirok etib, jipslik, hamjihatlikni namoyon qildilar. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni zararli odatlardan yiroq tutish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida xabardorlikni oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.
Musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar va faol ishtirokchilar institut ma’muriyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.






