
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 312-sonli buyruği bilan tasdiqlangan iş rejada belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş, şuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hayʼati majlisining 2025-yil 12-sentabrdagi 3-sonli bayonida belgilangan topşiriqlar ijrosini örganiş maqsadida vazirlikning Işçi guruhi tomonidan tahliliy-tanqidiy örganiş işlari amalga oşirildi.
Örganiş jarayonida quyidagi yönalişlar batafsil tahlil qilindi:
– talabalar turar joylarining mavjud holati va ularning belgilangan talablar asosida faoliyat yuritişi;
– sport inşootlarining öquv-maşğulotlarini ötkaziş uçun tayyorlik darajasi;
– oliy taʼlim muassasasida ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan olimpiya sport turlari böyiça kamida uçta sport turini qamrab olgan sport klublarining taşkil etilganligi;
– “Talaba-yugur”, “Talabalar ligasi” hamda boşqa sport musobaqalariga jalb etilgan talabalar soni va qamrov foizi;
– talabalarning ijara xonadonlarida yaşaş holatining töliq örganilganligi va monitoring qilinganligi.
Şuningdek, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan tegişli taklif va tavsiyalar berildi hamda amaliy yordam körsatildi.