
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida talabalar uçun qişki taʼtil boşlanişi munosabati bilan dekan örinbosarlari va tyutorlar tomonidan yurtimizning turli hududlaridan kelgan talabalarni öz xonadonlariga kuzatiş jarayonlari taşkil etilmoqda.
Mazkur jarayon davomida talabalarga yöl harakati xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etiş, safar çoğida ehtiyot çoralariga amal qiliş böyiça zarur körsatma va tuşuntirişlar berildi. Şuningdek, ularning oila bağriga soğ-salomat yetib borişlari muhimligi alohida taʼkidlandi.
Institut jamoasi barça talabalarimizga oq yöl tilab, qişki taʼtilni mazmunli ötkazişlarini, yaxşi hordiq çiqariş bilan birga, öz bilim va könikmalarini yanada rivojlantirişlarini tilab qoladi.
Eslatib ötamiz, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegişli buyruğiga muvofiq, joriy öquv yili uçun belgilangan qişki taʼtil 2025-yil 28-dekabrdan 2026-yil 10-yanvarga qadar (şu kun ham) davom etadi.