
Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi professor-öqituvçilari O.Xaitov, L.Kuldoşev va D.Hakimovlar muallifligida “Atrof muhit iqtisodiyoti va iqlim özgarişi” nomli darslik hamda O.Xaitov tomonidan “Iqtisodiy siyosat” fanidan tayyorlangan uslubiy qöllanma naşr etilgandi.
Kafedra oyligi doirasida mazkur darslik va uslubiy qöllanma mualliflar tomonidan institut kutubxonasiga topşirildi. Uşbu naşrlar taʼlim jarayonida foydalaniş uçun möljallangan bölib, talabalar hamda professor-öqituvçilar uçun muhim ilmiy-uslubiy manba hisoblanadi.