
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabrdagi Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga yöllagan murojaatnomasi hamda Xavfsizlik kengaşi yiğilişida berilgan topşiriqlar ijrosi taʼminlaş maqsadida Kattaqörğon tumani 2-son texnikumida öquv-seminari taşkil etildi.
Tadbirda mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, yoşlar yetakçilari, nuroniylar hamda imom-xatiblar iştirok etdilar.
Seminarda Kattaqörğon davlat pedagogika institutining Yoşlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça 1-prorektori Ş.Mustafayev Prezident Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yönalişlar haqida maʼruza qildi. Şuningdek, Özbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, dotsent J.Quçqorov Prezident Murojaatnomasi hamda Xavfsizlik Kengaşi yiğilişida ilgari surilgan ğoya va taşabbuslarni aholiga tarğibot-taşviqot tadbirlari orqali yetkaziş böyiça bajaradigan vazifalari haqida maʼlumot berdi.