
Mehnat yarmarkasida bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etdi
24.01.2026 soat 13:19YangiliklarMatbuot21
Bugun Samarqand viloyat hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va Xususiy bandlik agentliklari federatsiyasi hamkorligida Kattaqo‘rg‘on shahridagi Kattaqo‘rg‘on kasbiy ko‘nikmalar markazida “Xorijda ishlash istagidagi fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Mehnat yarmarkasida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining bitiruvchi kurs talabalari ham ishtirok etdi. Talabalar tadbir davomida xorijiy ish o‘rinlari va bandlik imkoniyatlarini o‘rganib, mutaxassislar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qildilar.








