“Kelajak soati” darsida “Muvaffaqiyat sirlari Startap” mavzusida dars o‘tildi
26.01.2026 soat 12:58Yangiliklar118
Bugun Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Kelajak soati” doirasida yo‘nalish tyutorlari tomonidan “Muvaffaqiyat sirlari. Startap” mavzusida dars o‘tildi.
Mashg‘ulot davomida talabalarga muvaffaqiyatga erishish, innovatsiya va startap tushunchalarining hayotdagi ahamiyati, shaxsiy rivojlanish va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida tushunchalar berildi. Suhbatlar, loyiha ishlari, amaliy misollar, hikoyalar, videolavhalar va interaktiv o‘yinlar orqali talabalarda ijodiy fikrlash, o‘zini o‘zi rivojlantirish va startap faoliyati ko‘nikmalari shakllantirildi.




