Talabalar ligasi doirasida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi
18.02.2026 soat 16:49Sport klubiMatbuot42
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Talabalar ligasi doirasida talaba xotin-qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada turli guruh va fakultetlardan tuzilgan jamoalar ishtirok etib, o‘zaro qiziqarli va murosasiz bellashuvlar namoyish etdilar. Har bir o‘yin ajoyib ruhiy va jismoniy tayyorgarlikni talab qilgan bo‘lsa-da, barcha ishtirokchilar sportning adolat va do‘stlik tamoyillariga sodiq qolishdi.
Institut ma’muriyati va sport bo‘limi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir talabalar orasida sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qilmoqda.








