Asosiy mazmunga o'tish
Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo'lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
MATONAT VA IRODA SOHIBI

MATONAT VA IRODA SOHIBI

26.10.2026 soat 10:53Sport klubiYoshlar bilan ishlash, ma'naviyat-ma'rifat bo'limi01 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti JM_26_14-guruh talabasi Abbos Abdug‘aniyev para kamondan otish sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishib, faxrli birinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.

Jumladan, u O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni kubogi musobaqasida (18 metr, klassik yo‘nalish) hamda 2025-yil 14-19-aprel kunlari o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Bugun institutda talaba-yoshlar ishtirokida Abbos Abdug‘aniyev bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda talaba o‘zining sportdagi yutuqlari, muvaffaqiyat sari bosib o‘tgan yo‘li hamda bu jarayonda duch kelgan qiyinchiliklari haqida so‘zlab berdi.

Uchrashuv davomida inson astoydil mehnat qilsa, qat’iyat va iroda bilan o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishi mumkinligi alohida ta’kidlandi. Talabaning hayotiy tajribasi va sportdagi muvaffaqiyatlari yoshlarga motivatsiya berib, ularni qiyinchiliklar qarshisida taslim bo‘lmaslikka, o‘z ustida tinimsiz ishlashga undaydi.

Abbos Abdug‘aniyevning yutuqlari – kuchli iroda, sabr-toqat va tinimsiz mehnatning yorqin namunasidir.

Qo'shimcha rasmlar6

Ulashish: