
Özbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “ÖzMilliy bank” AJning qöşma qarorida nazarda tutilgan oliy taʼlim taşkilotlari bitiruvçi talabalarining amaliyotini moliyalaştiriş çora-tadbirlari yuzasidan belgilangan topşiriq ijrosini taʼminlaş maqsadida Özbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi professor-öqituvçilari tomonidan tadbir taşkil etildi. Unda Filologiya va tillarni öqitiş: özbek tili hamda özga tilli guruhlarda rus tili yönalişlari bitiruvçi kurs talabalari iştirok etdi.
Tadbir davomida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida amalga oşirilişi rejalaştirilgan işlar, bitiruvçi kurs talabalarining bandligini taʼminlaş, şuningdek, ularning amaliyot jarayonini moliyalaştiriş mexanizmlari va mazmun-mohiyati yuzasidan kafedra mudiri J.Quçqorov tomonidan batafsil tuşuntiriş berildi.
Uçraşuv özaro muloqot va oçiq fikr almaşiş ruhida ötdi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga atrofliça javoblar qaytarildi hamda dastur doirasida amalga oşirilişi lozim bölgan ustuvor vazifalar yuzasidan özaro fikr almaşildi.
Mazkur tadbir bitiruvçi talabalarni kasbiy faoliyatga puxta tayyorlaş, ularning bandligini taʼminlaş hamda amaliyot jarayonlarini samarali taşkil etişga xizmat qildi.