
Talabalar_ligasi2026
03.03.2026 soat 16:26YangiliklarMatbuot11
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Talabalar ligasi” doirasida sportning futbol turi bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida musobaqa tashkil etildi.
Musobaqa davomida jamoalar maydonda o‘zlarining sport mahorati, jamoaviy hamjihatligi va irodasini namoyon etib, tomoshabinlar uchun qiziqarli hamda murosasiz bahslar olib bordilar. Ushbu sport tadbiri talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va jismoniy faollikni oshirishga xizmat qildi.




