
YURTIM QADRIYATLARI
Bugun Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Yurtim qadriyatlari” respublika ko‘rik-tanlovining Samarqand viloyati hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlovda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining talaba-yoshlari faol ishtirok etib, o‘z bilim, iqtidor va ijodiy salohiyatlarini namoyon etdilar.
Hududiy bosqich yakunlariga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining “Qadriyatlar sohibi” jamoasi yuqori natija ko‘rsatib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan sahna ko‘rinishlari, ijodiy ishlanmalar va chiqishlar orqali milliy an’ana va qadriyatlarimizning mazmun-mohiyati keng yoritildi. Tanlov yoshlar ongida milliy o‘zlikni anglash, madaniy merosimizga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.






