Sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom oila – dolzarb masala
23.04.2026 soat 09:47YangiliklarMatbuot19
Filologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, irsiy-genetik hamda yuqumli kasalliklarning oldini olish, sog‘lom oilani shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar Tibbiyot birlashmasi bo‘limining Sog‘lom turmush tarzi va tashkiliy-uslubiy sho‘basi bosh mutaxassisi Jasurbek Eshnazarov, ginekolog Mehribon Sayfullayeva, endokrinolog Nilufar Xosilova hamda umumiy amaliyot shifokori Islombek Mingboyev ishtirok etdilar.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, kasalliklarning oldini olish choralari hamda sog‘lom oilani shakllantirish borasida zarur tavsiyalar berildi.





