
Yoshlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi
23.04.2026 soat 12:35YangiliklarMatbuot14
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalari uchun Yoshlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Mazkur sayohat doirasida talabalar Imom al-Buxoriy majmuasiga tashrif buyurib, ulug‘ allomaning boy ilmiy merosi, hayoti hamda islom ilm-fanining rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Ziyorat jarayoni talabalarda milliy va diniy qadriyatlarga hurmat, ajdodlar merosiga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.





