Yoshlar bilan ochiq muloqot
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan talaba yoshlar bilan rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova, Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zebo Saidova, shahar hokimi o‘rinbosarlari Shahlo Kuchkarova va Jasur G‘aniyev ishtirok etdi.
Muloqot davomida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ta’lim olish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, talabalarning mavjud muammo va takliflari, shuningdek, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti va nomdor davlat stipendiyalariga munosib nomzodlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida talabalarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.










