
Feruzbek Teshayev — faxrli 3-o‘rin sohibi!
24.05.2026 soat 21:02Sport OlimpiadalariMatbuot9
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabasi Feruzbek Teshayev “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining yengil atletika turi bo‘yicha final bosqichida munosib ishtirok etdi.
Sportchimiz uch hatlab sakrash bahslarida 13.79 metr natija qayd etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mazkur yutuq bilan Feruzbek Teshayevni samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusi musobaqalarda yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.




