
XIX asr oxiri va XX asr boşlarida Kattaqörğonning siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamda adabiy hayotida munosib örin egallagan maʼrifatparvar şoir Qori Muhammad Rasul Zubaydullohxöja öğli Nojiy 1895-yilda Kattaqörğon şahrida tavallud topgan. U 6–7 yoşlaridayoq savod çiqarib, keyinçalik şoir Noqis va boşqa ustozlardan taʼlim olgan. Nojiy taxallusi bilan ijod qilib, köplab şeʼrlar, ğazallar, muxammaslar, fardlar, nasihatnomalar va tazminlar yaratgan. Şoir 1989-yilda vafot etgan bölsa-da, uning boy adabiy merosi bugungi kunda ham öz qadr-qimmatini saqlab kelmoqda.
Nojiyning farzandi Abdulaziz Zubaydullayev tomonidan şoir qoldirgan şeʼrlar, ğazallar, muxammaslar, fardlar, nasihatnomalar va tazminlar jamlanib, naşrga tayyorlangan. Bu ezgu saʼy-harakatlar adib merosini kelajak avlodlarga yetkaziş yölidagi muhim qadamlardan biridir.
Kattaqörğon davlat pedagogika instituti professor-öqituvçilari Nojiy xonadonida bölib, şoirning farzandi Abdulaziz Zubaydullayev bilan samimiy suhbat qurdilar. Uçraşuv davomida Nojiyning hayoti, ijodiy faoliyati, adabiy merosi hamda uning asarlarini keng jamoatçilikka yetkaziş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Şoir qoldirgan maʼnaviy xazinaning ahamiyati alohida eʼtirof etilib, uni örganiş va tarğib etiş bugungi avlodning muhim vazifalaridan biri ekani taʼkidlandi.